Series: TypeScript Basics Lesson 71

Access modifiers

TypeScript'da access modifier'lar: public, private va protected, bank hisobi misoli, encapsulation, constructor'da qisqa yozish, #private maydonlar va readonly.

71-dars

Access modifiers

Access modifier class ichidagi xususiyat yoki metodga kim kira olishini belgilaydi. Ular uchta:

Modifier Kim foydalana oladi
public Hamma (agar hech narsa yozmasangiz, default shu)
private Faqat shu class'ning o'zi
protected Shu class va undan meros olgan class'lar

Hayotiy o'xshatish: bank kartasi. Karta raqami — public, hamma ko'radi. PIN kod — private, faqat sizda. Oilaviy sir esa — protected: sizda va farzandlaringizda bor, begonalarda yo'q.

Real misol (bank hisobi)

class BankAccount {
  public owner: string;
  private balance: number = 0;
  protected bankName: string = "Kapitalbank";

  constructor(owner: string) {
    this.owner = owner;
  }

  public deposit(amount: number) {
    if (amount <= 0) throw new Error("Noto'g'ri summa");
    this.balance += amount;
  }

  public getBalance() {
    return this.balance;
  }
}

const acc = new BankAccount("Ali");
acc.owner;           // ✅ public
acc.deposit(100000); // ✅ public
acc.getBalance();    // ✅ 100000

acc.balance = 999999999;
// ❌ Property 'balance' is private and only accessible within class 'BankAccount'.
acc.bankName;
// ❌ Property 'bankName' is protected and only accessible within class 'BankAccount' and its subclasses.

balance'ni tashqaridan to'g'ridan-to'g'ri o'zgartirib bo'lmaydi. Pul faqat deposit orqali tushadi, u yerda esa tekshiruv bor. Bu ma'lumotni noto'g'ri o'zgartirishdan himoya qiladi (encapsulation).

protected farqi

class SavingsAccount extends BankAccount {
  info() {
    return this.bankName; // ✅ meros olgan class protected'ni ko'radi
  }

  balansiniKor() {
    return this.balance;
    // ❌ Property 'balance' is private and only accessible within class 'BankAccount'.
  }
}

Qisqa yozish usuli (constructor'da)

class User {
  constructor(public name: string, private password: string) {}
}
// name va password avtomatik class xususiyatiga aylanadi

Parametr oldiga modifier qo'yilsa, TS o'zi xususiyatni e'lon qiladi va this.name = name qatorini yozib beradi.

Eslab qoling

  • private — faqat TypeScript tekshiruvi. JavaScript'da ishlaganda maydon baribir ochiq bo'ladi (masalan, (acc as any).balance ishlaydi).
  • Haqiqiy yashirish kerak bo'lsa, JavaScript'ning # sintaksisidan foydalaning — u runtime'da ham yopiq:
class Hamyon {
  #balance = 0;

  toldir(summa: number) {
    this.#balance += summa;
  }
}

const h = new Hamyon();
h.#balance;
// ❌ Property '#balance' is not accessible outside class 'Hamyon' because it has a private identifier.
  • Bonus: readonly ham bor. Unga qiymat faqat e'lon qilinganda yoki constructor ichida beriladi, keyin o'zgartirib bo'lmaydi:
class Buyurtma {
  readonly id: number;

  constructor(id: number) {
    this.id = id; // ✅ constructor ichida mumkin
  }
}

const b = new Buyurtma(7);
b.id = 8;
// ❌ Cannot assign to 'id' because it is a read-only property.