Seriya: TypeScript Basics Dars 72

ES Modules + TypeScript

TypeScript'da ES Modules: export va import, fayllar orasida type'larni tashish, internet do'kon misoli, named va default export farqi va modul bilan global skript farqi.

72-dars

ES Modules + TypeScript

ES Modules — bu kodni alohida fayllarga bo'lib, ular orasida export va import orqali almashish tizimi. TypeScript buni to'liq qo'llab-quvvatlaydi va qo'shimcha ravishda type'larni ham fayllar orasida tashiydi.

Hayotiy o'xshatish: oshxona. Har bir oshpaz (fayl) o'z taomini tayyorlaydi va tashqariga beradi (export). Ofitsiant kerakli taomni oladi (import).

Har bir fayl — o'z yopiq dunyosi: unda yozilgan narsa export qilinmaguncha tashqariga chiqmaydi.

Real misol (internet do'kon)

// types.ts
export interface Product {
  id: number;
  name: string;
  price: number;
}
// utils.ts
import { Product } from "./types";

export function formatPrice(price: number): string {
  return `${price.toLocaleString()} so'm`;
}

export function getTotal(products: Product[]): number {
  return products.reduce((sum, p) => sum + p.price, 0);
}
// main.ts
import { Product } from "./types";
import { formatPrice, getTotal } from "./utils";

const cart: Product[] = [
  { id: 1, name: "Telefon", price: 3000000 },
  { id: 2, name: "Chexol", price: 50000 },
];

console.log(formatPrice(getTotal(cart))); // 3,050,000 so'm

Export turlari

Named export — bir faylda ko'p bo'lishi mumkin, nomi bilan import qilinadi:

// config.ts
export const TAX = 0.12;
export const CURRENCY = "so'm";
// main.ts
import { TAX, CURRENCY } from "./config";

Default export — faylda faqat bitta, istalgan nom bilan import qilinadi:

// Cart.ts
export default class Cart {}
// main.ts
import Cart from "./Cart";
import MyCart from "./Cart"; // ✅ bu ham ishlaydi

Nega kerak?

  • Kod tartibli bo'ladi: type'lar alohida, funksiyalar alohida.
  • Bir kodni ko'p joyda qayta ishlatasiz.
  • Nomlar to'qnashmaydi, chunki har faylning o'z doirasi bor.

Eslab qoling

  • Faylda import yoki export bo'lsa, TypeScript uni modul deb hisoblaydi. Bo'lmasa, u global skript bo'lib qoladi va undagi o'zgaruvchilar boshqa fayllarga aralashib ketishi mumkin (20 va 22-darslarda ko'rgan interface birlashib ketish xatosi aynan shundan).
  • Ko'p jamoalar named export'ni afzal ko'radi: nom qat'iy bo'ladi, IDE avtomatik import qiladi, qayta nomlash oson.