Series: TypeScript Basics Lesson 80

.d.ts fayllar

TypeScript'da .d.ts fayllar: faqat type'dan iborat fayl, oddiy .ts bilan farqi, JS faylga type berish, declaration bilan avtomatik yaratish va cheklovlar.

80-dars

.d.ts fayllar

.d.ts — bu faqat type'lardan iborat fayl. Unda kod (logika) bo'lmaydi, faqat "bu funksiya nima qabul qiladi va nima qaytaradi" degan tavsif bo'ladi. Brauzerga yoki Node'ga hech qachon bormaydi, faqat TypeScript o'qiydi.

Oddiy qilib aytganda: .js fayl ishni qiladi, .d.ts fayl uning pasporti.

Oddiy .ts va .d.ts farqi

// math.ts — kod + type
export function sum(a: number, b: number): number {
  return a + b;
}
// math.d.ts — faqat type, tana yo'q
export declare function sum(a: number, b: number): number;

.d.ts ichida tana ({ return ... }) yozib bo'lmaydi:

// math.d.ts
export declare function sum(a: number, b: number): number {
  return a + b;
  // ❌ An implementation cannot be declared in ambient contexts.
}

Real misol: JS faylga type berish

Loyihangizda eski utils.js bor, uni TS'ga qayta yozishga vaqt yo'q:

// utils.js
export function formatPhone(phone) {
  return phone.replace(/(\d{3})(\d{2})(\d{3})(\d{2})(\d{2})/, "+$1 $2 $3-$4-$5");
}
export const API_URL = "https://api.example.uz";

Yoniga xuddi shu nomli .d.ts yozasiz:

// utils.d.ts
export declare function formatPhone(phone: string): string;
export declare const API_URL: string;

Endi TS faylda:

import { formatPhone } from "./utils";

formatPhone("998901234567"); // ✅
formatPhone(998901234567);
// ❌ Argument of type 'number' is not assignable to parameter of type 'string'.

TS fayl nomlari bir xil bo'lgani uchun utils.js uchun utils.d.ts'ni avtomatik topadi.

⚠️ .d.ts — bu va'da, tekshiruv emas. TS utils.d.ts'dagi tavsifni utils.js'dagi haqiqiy kodga solishtirmaydi. Agar .d.ts'da formatPhone(phone: string): string yozsangiz-u, JS aslida number qaytarsa, TS indamaydi. Shuning uchun tavsifni diqqat bilan yozing.

.d.ts'ni avtomatik yaratish

Agar o'zingiz kutubxona yozayotgan bo'lsangiz, qo'lda yozish shart emas. tsconfig.json:

{
  "compilerOptions": {
    "declaration": true,
    "outDir": "dist"
  }
}

tsc ishlatganda har bir .ts uchun dist/'da .js va .d.ts juftligi chiqadi:

src/math.ts  →  dist/math.js  +  dist/math.d.ts

Shu tariqa kutubxonangizdan foydalanuvchilar sizning kodingiz type'larini oladi.

Eslab qolish uchun

.ts .d.ts
Kod bormi Ha Yo'q
JS'ga kompilyatsiya bo'ladimi Ha Yo'q
Vazifasi Ishlaydi Type'larni tavsiflaydi