Series: TypeScript Basics Lesson 81

TypeScript build pipeline

TypeScript build pipeline: type-check, transpile va bundle bosqichlari, tez vositalar type'ni tekshirmasligi, tsc --noEmit, Vite loyihasi, kutubxona build'i va CI.

81-dars

TypeScript build pipeline

Brauzer va Node TypeScript'ni tushunmaydi. Shuning uchun .ts kodni ishga tushirishdan oldin u bir necha bosqichdan o'tadi. Shu bosqichlar zanjiri build pipeline deyiladi.

3 ta asosiy bosqich

  1. Type-check: type'larda xato bormi, tekshirish.
  2. Transpile: .ts → .js (type'larni olib tashlash).
  3. Bundle: ko'p fayllarni bir nechta optimallashgan faylga yig'ish.

Eng muhim tushuncha

Zamonaviy tez vositalar (Vite, esbuild, SWC, Babel) type'larni tekshirmaydi, faqat o'chirib tashlaydi. Shuning uchun kodda type xatosi bo'lsa ham loyiha build bo'lib ketaveradi:

const age: number = "yigirma"; // ❌ tip xatosi, lekin Vite build'iga xalaqit bermaydi

Vite buni jimgina .js'ga aylantiradi. Xatoni faqat tsc ushlaydi.

Buning sababi: type-check sekin, transpile esa tez bo'lishi kerak. Har fayl o'zgarganda butun loyihani tip tekshirsa, dev server sekinlashib ketardi. Shu sababli vazifalar bo'linadi:

Vosita Vazifasi
tsc --noEmit Faqat type tekshiradi, fayl chiqarmaydi
Vite / esbuild / SWC Tez transpile + bundle

Real misol: React + Vite loyiha

package.json:

{
  "scripts": {
    "dev": "vite",
    "typecheck": "tsc --noEmit",
    "build": "tsc --noEmit && vite build"
  }
}
  • npm run dev: tez ishlaydi, type tekshirmaydi (xatolarni editor ko'rsatadi).
  • npm run build: avval type tekshiradi, xato bo'lsa to'xtaydi, keyin build qiladi.

&& tufayli tsc --noEmit xato qaytarsa, vite build umuman ishga tushmaydi.

Kutubxona yozganda (tsc o'zi build qiladi)

{
  "compilerOptions": {
    "target": "ES2020",
    "module": "ESNext",
    "outDir": "dist",
    "declaration": true,
    "strict": true
  },
  "include": ["src"]
}

tsc ishlatsangiz:

src/index.ts  →  dist/index.js  +  dist/index.d.ts

Bu yerda tsc ham tip tekshiradi, ham fayl chiqaradi. declaration: true tufayli .d.ts ham chiqadi (80-dars).

CI'da (GitHub Actions va h.k.)

npm ci
npm run typecheck   # tip xatosi → pipeline qizil
npm run lint
npm test
npm run build

Shunda type xatosi bor kod hech qachon production'ga chiqmaydi.

Eslab qolish uchun

  • Tez vositalar type'ni o'chiradi, tekshirmaydi.
  • Tekshiruv uchun alohida tsc --noEmit kerak.
  • Uni build skriptiga va CI'ga albatta qo'shing.