Runtime validation vs compile-time types
TypeScript'da compile-time type va runtime validatsiya farqi: type'lar build'dan keyin yo'qolishi, qayerda validatsiya shart, type guard bilan tekshirish va localStorage misoli.
92-dars
Runtime validation vs compile-time types
TypeScript type'lari faqat kod yozayotganda (compile-time) ishlaydi. Build qilinganda ular butunlay o'chib ketadi. Dastur ishlayotganda (runtime) hech qanday type tekshiruvi yo'q. Shuning uchun tashqaridan keladigan ma'lumotni alohida runtime validatsiya bilan tekshirish kerak.
Muammo
type User = { id: number; name: string };
const user = await fetchJson<User>("/api/user/1");
console.log(user.name.toUpperCase());
Server { id: 1, fullName: "Ali" } qaytarsa:
- TS xato bermaydi (siz "bu
User" dedingiz). - Runtime'da:
Cannot read properties of undefined (reading 'toUpperCase').
Build'dan keyin kod aslida shunday bo'ladi:
const user = await fetchJson("/api/user/1"); // tip yo'q
Qachon nima ishlaydi
| Compile-time (TS) | Runtime validatsiya | |
|---|---|---|
| Qachon | Kod yozganda | Dastur ishlayotganda |
| Nimani tekshiradi | Sizning kodingizni | Tashqi ma'lumotni |
| Build'dan keyin | Yo'qoladi | Qoladi |
| Narxi | Bepul | Biroz kod va vaqt |
Qayerda runtime validatsiya shart
Ma'lumot sizning kodingizdan tashqaridan kelgan har qanday joyda:
- API javoblari
localStorage/sessionStorage- Forma qiymatlari
- URL parametrlari (
?page=abc) JSON.parse.envo'zgaruvchilar- WebSocket xabarlari
Ichki kodda (funksiyadan funksiyaga) TS yetarli.
Qo'lda validatsiya (type guard)
function isUser(data: unknown): data is User {
return (
typeof data === "object" &&
data !== null &&
"id" in data && typeof data.id === "number" &&
"name" in data && typeof data.name === "string"
);
}
data is User TS'ga aytadi: "true qaytsa, bu haqiqatan User" (type guard, 46-dars).
Real misol: localStorage'dan sozlamalar
type Settings = { theme: "light" | "dark"; lang: "uz" | "ru" | "en" };
const defaultSettings: Settings = { theme: "light", lang: "uz" };
function isSettings(data: unknown): data is Settings {
if (typeof data !== "object" || data === null) return false;
const d = data as Record<string, unknown>;
return (
(d.theme === "light" || d.theme === "dark") &&
(d.lang === "uz" || d.lang === "ru" || d.lang === "en")
);
}
function loadSettings(): Settings {
try {
const raw = localStorage.getItem("settings");
const parsed: unknown = raw ? JSON.parse(raw) : null;
return isSettings(parsed) ? parsed : defaultSettings;
} catch {
return defaultSettings; // buzilgan JSON
}
}
Foydalanuvchi DevTools'da theme: "blue" deb o'zgartirsa ham ilova buzilmaydi.
Qo'lda yozishning muammosi
User'ga yangi maydon qo'shsangiz, isUser'ni ham yangilashni unutishingiz mumkin — type va tekshiruv bir-biridan ajralib qoladi. Katta obyektlarda guard'lar juda uzun bo'ladi.
Yechim: type'ni va tekshiruvni bitta joydan olish. Buni Zod qiladi — bitta schema'dan ham runtime tekshiruv, ham TS type'i chiqadi.
Eslab qolish uchun
- TS type'lari runtime'da yo'q.
fetchJson<User>bu tekshiruv emas, va'da (85-dars).- Tashqi ma'lumotni
unknowndeb qabul qiling va tekshiring. - Chegarada tekshiring, ichkarida TS'ga ishoning.